logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ashraf Hakimiyning jarohatdan keyingi holati ma'lum bo'ldi

 5 NOYABR, 2025, 08:30

«Bavariya»ga qarshi o'tgan Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvida "PSJ" klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy jiddiy to'qnashuvdan so'ng jarohat oldi.

Birinchi bo'lim oxirida u kolumbiyalik hujumchi Luis Dias bilan jiddiy to'qnashib, maydonni shikoforlar va futbolchilar yordamida tark etdi. Uchrashuv Myunxen klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Jurnalist Said Amdaaning ma'lum qilishicha, u Hakimiy bilan shaxsan suhbatlashgan va dastlabki tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, futbolchi jiddiy jarohatdan qutulgan. Xabar qilinishicha, u kelasi o'yinda safga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, Dias Hakimiyning oyog'iga ikki oyoq bilan orqadan xavfli tashlandi. Marokashlik himoyachi maydonni ko'z yoshi bilan tark etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ