logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Van Deyk: "Ba'zida tanqid chegaradan chiqib ketadi"

 5 NOYABR, 2025, 08:24

"Liverpul" salbiy natijalar fonida tanqidlarga uchradi. Ammo so'nggi ikki o'yinda Arne Slot jamoasi "Aston Villa" (2:0) va "Real"ni (1:0) mag'lub etib, vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'ldi. Chempionlar Ligasida madridliklar ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Liverpul" sardori Virjil van Deyk mutaxassislarning tanqidlariga izoh berdi.

"Liverpul"da o'ynab, to'rt yoki besh o'yinda mag'lub bo'lganingda - tanqid paydo bo'ladi va bu qaysidir ma'noda normal holat. Lekin ba'zan tanqid chegaradan chiqib ketadi. Menimcha, bu hozir platformalar juda ko'pligidan - har kim nimadir aytishi mumkin va buni ilib olishadi. Ammo eng yuqori saviyada o'ynagan sobiq futbolchilar ham og'ir damlarni boshdan kechirishdi. Men jamoa, klub va bizni qo'llab-quvvatlayotgan barcha uchun - quvonchda ham, qiyinchilikda ham natija ko'rsatmoqchiman," - dedi van Deyk Amazon Prime’da.

"Liverpul" navbatdagi o'yinini 9 noyabr kuni "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ