logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Og'ir atletika bo'yicha JCh. Toshtemirov 7-o'rinni egalladi

 12 DEKABR, 2022, 12:25

Kolumbiyada o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili ishtirokini tugatdi.

-81 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Og'abek To'xtaev hamda Muhammadqodir Toshtemirov ishtirok etishdi. «V» guruhida qatnashgan To'xtaev 326 (140+180) kg bilan 11, Toshtemirov esa «A» guruhida 343 (156+187) kg bilan 7-natijani qayd etdi. Mazkur yo'nalishda oltin medal xitoylik Li Dayinga nasib etdi.

Og'ir atletika bo'yicha JCh
Erkaklar, -81 kg:

1. Li Dayin (Xitoy) – 372 (171+201) kg
2. Rejepbay Rejepov (Turkmaniston)  – 366 (164+202) kg
3. Vu Jae Kim (Koreya Respublikasi)  – 357 (162+195) kg ...
7. Muhammadqodir Toshtemirov (O'zbekiston) – 343 (156+187) ...
11. Og'abek To'xtaev (O'zbekiston) – 326 (140+180) kg.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR