logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"PSJ" bu kelishuvni allaqachon yopdi

 26 DEKABR, 2023, 14:00

«PSJ» «Korintians» bilan yarim himoyachi Gabriel Moskardoning transferi borasida kelishib oldi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, parijliklar 18 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kelishuvni allaqachon yopishgan.

Manbaning xabar berishicha, transfer summasi 20 million evroni tashkil qiladi. Shu bilan birga, "Korintians" kelajakda yana 2 million bonus olishi mumkin.

Klublar barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bo'lgach, Moskardo Parijga jo'nab ketadi. Moskardo Evropaning boshqa top-klublari uchun ham qiziq variant edi.

Futbolchi uchun kurashda Londonning “Chelsi” va Kataloniyaning “Barselona” klublari ishtirok etishdi. Biroq, «PSJ» raqobatchilardan ustun kelib, transferni tezda amalga oshira oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR