Federiko Valverde: «Standart tufayli 3 ochko yo'qotdik»
5 NOYABR, 2025, 07:42
Madridning "Real" jamoasi sardori Federiko Valverde Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 4-turidagi "Liverpul" (0:1) uchrashuvidan so'ng jamoa mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Bu mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Biz uch ochkoni standart vaziyat sabab yo'qotdik — bunga yo'l qo'yishimiz kerak emas edi. Bu stadionda o'ynash oson emas. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ularda ham. Standart vaziyatlarda yaxshiroq himoyalanishimiz lozim", — dedi Valverde UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Keyingi turda Angliya premer-ligasi amaldagi chempioni "Liverpul" o'z maydonida gollandiyalik "PSV Eyndhoven"ga qarshi o'ynaydi, madridliklar esa safarda yunonlarning "Olimpiakos" klubiga qarshi bahs olib borishadi. Ikki uchrashuv ham 26 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
