logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Bavariya» Evropaning top-5 ligalari tarixidagi rekordni yangiladi

 5 NOYABR, 2025, 07:36

Myunxenning "Bavariya" jamoasi UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 4-turida "Pari Sen-Jermen" klubini 2:1 hisobi bilan mag'lub etdi va shu tariqa 2025/2026 yilgi mavsum boshidagi g'alabalar seriyasi bo'yicha o'z rekordini yangiladi.

"Bavariya" joriy mavsum boshidan buyon barcha musobaqalarda ketma-ket 16-ta o'yinda g'alaba qozondi. Transfermarkt statistika portali ma'lumotiga ko'ra, bu natija Evropaning top-5 ligalari tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Shu davr mobaynida nemis jamoasi 57 ta gol urdi va 11 ta to'p o'tkazib yubordi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ