EChL. "Atletiko" Belgiya klubiga imkoniyat qoldirmadi
5 NOYABR, 2025, 04:12
"Atletiko" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Yunion"ga qarshi bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi. O'yin Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida Madrid jamoasi hujumchisi Xulian Alvares hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirida VAR Antuan Grizmanning golini bekor qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Konnor Gallaxer madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 80-daqiqada mehmonlar oradagi farqni qisqartirishdi, biroq qo'shib berilgan daqiqalarda Markos Lorente "matraschilar"ga ikkita to'p farqi bilan ustunlikni qaytarib berdi.
"Atletiko" ochkolarini 6 taga etkazib, 14-o'ringa ko'tarilib oldi. "Yunion" esa 3 ochko bilan 26-pog'onada bormoqda.
