logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Tudor iste'fosidan so'ng "Yuventus" yutqazmayapti

 5 NOYABR, 2025, 03:36

"Yuventus" Igor Tudor iste'fosidan keyin o'tkazilgan uchta o'yinning birortasida ham mag'lubiyatga uchramadi.

Bugun Luchano Spalletti jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turida "Sporting"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. Avvalroq turinliklar "Kremoneze"ni (2:1) va "Udineze"ni (3:1) mag'lub etishgandi - bu o'yinda jamoani Massimo Brambilla boshqargandi.

Tudor davridagi so'nggi 8 o'yinda "Yuventus" 3 mag'lubiyat va 5 durang qayd etgan. "Byankonerilar" 8 noyabr kuni A Seriya doirasida "Torino"ga qarshi derbi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ