"PSJ" - "Bavariya" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu Luis Dias emas (foto)
5 NOYABR, 2025, 03:30
Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ" - "Bavariya" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb Manuel Noyer topildi.
Uchrashuvda myunxenliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Ular ikkinchi bo'limni to'liq bir kishi kam bo'lib o'tkazdi.
Germaniya jamoasining 39 yoshli posboni 8 ta seyv amalga oshirdi va 6,6 km masofa bosib o'tdi. Bu uning Chempionlar Ligasidagi 132-o'yini edi.

