logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Virts "Liverpul" safidagi 15 ta o'yinda bor-yo'g'i 3 ta golda qatnashdi

 5 NOYABR, 2025, 03:24

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts joriy mavsumda 15 ta o'yinda bor yo'g'i 3 ta samarali harakat amalga oshirdi.

Bugun "qizillar" EChL umumiy bosqich 4-turida "Real"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Germaniyalik futbolchi maydonda 88 daqiqa harakat qildi va o'z hisobiga gol yoki golli uzatma yozdirib qo'ya olmadi.

O'tgan yozda "Bayer"dan 100+16 mln funtga xarid qilingan Virts "qizillar" safida barcha musobaqalarda 15-o'yinini o'tkazdi. Uning hisobida 3 ta golli uzatma bor: Angliya Superkubogida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (2:2, pen. 2:3) va Chempionlar Ligasida "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda (5:1) 2 ta assist bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ