logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ukraina "Chelsi"ni sotishdan tushgan mablag'ning yarmidan kamrog'ini olishi mumkin

 5 NOYABR, 2025, 03:18

Ukraina rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli bo'lgan "Chelsi" futbol klubini sotishdan tushgan mablag'ning faqat bir qismini olishi mumkin, deb yozadi The Times gazetasi.

2022 yil mart oyida Abramovich Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi sanktsiyalari ostida qoldi. O'sha yilning may oyida rossiyalik Britaniya hukumatidan maxsus litsenziya oldi va London klubini amerikalik tadbirkor Todd Bouli boshchiligidagi konsortsiumga 2,34 milliard funtga sotdi. Abramovich "Chelsi"ni sotishda barcha mablag'lar Ukrainadagi mojarodan jabrlanganlarga yordam berish uchun maxsus xayriya jamg'armasiga yo'naltirilishini aytgan.

The Times ta'kidlaganidek, "Chelsi"ning sobiq bosh kompaniyasi Fordstam Limited hisobotlaridan 1,54 milliard funt miqdoridagi kredit qarzdorligi ma'lum bo'ldi. Shu tariqa, Ukraina "Chelsi" sotuvidan tushgan barcha mablag' o'rniga atigi 923 million funt olishi mumkin bo'ladi, qolgan mablag' qarzni to'lashga ketadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ