Konte "Napoli"ning "Ayntraxt" bilan durang o'ynagani haqida: "Yigitlarning fidoyiligiga e'tiroz bildira olmayman"
5 NOYABR, 2025, 03:18
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Ayntraxt" (0:0) bilan o'yindagi durang haqida fikr bildirdi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Konte sariq kartochka ishlab oldi.
- Hamma narsani gapirish mumkin. Agar sen gol urmasang, sen yutmaysan. "Ayntraxt" Italiyaning katenachcho tizimida o'ynashni yaxshi o'rganib olgan. Agar biz Germaniyada shunday o'ynaganimizda, u erda eskicha futbol haqida gapirishardi... Futbolga ko'proq evropacha uslub olib kirishga harakat qilyapmiz. Gol ura olmaganimiz achinarli, ammo fidoyiligiga e'tiroz bildira olmayman", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Janluka Di Martsio sayti.
"Napoli" ochkolarini 4 taga etkazib, Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Italiya jamoasi musobaqaning navbatdagi o'yinini 25 noyabr kuni o'z maydonida "Qorabog'"ga qarshi o'tkazadi.
