logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

EChL. 1 taym 1 kishi kam bo'lib o'ynagan "Bavariya" Parijda "PSJ"dan ustun keldi

 5 NOYABR, 2025, 03:12

"PSJ" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi bahsda mag'lub bo'ldi - 1:2. O'yin Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Luis Dias hisobni ochdi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Usmon Dembele gol urdi, biroq takroriy vaziyat ko'rilganidan keyin gol bekor qilindi. 32-daqiqada Dias dubl qayd etgan bo'lsa, tanaffus arafasida Ashraf Hakimiyga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

74-daqiqada parijliklar yarim himoyachisi Joau Nevesh oradagi farqni qisqartirdi.

"PSJ" Chempionlar Ligasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida 3-o'ringa tushib ketdi - 9 ochko. "Bavariya" 12 ochko bilan peshqadamga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ