logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Arsenal»ning 15 yoshli futbolchisi EChL rekordini o'rnatdi!

 5 NOYABR, 2025, 02:12

"Arsenal" yarim himoyachisi Maks Dauman Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Slaviya"ga (3:0) qarshi bahsda ishtirok etdi.

Futbolchi 73-daqiqada Leandro Trossardning o'rnini egalladi. 15 yoshu 308 kunligida maydonga tushgan Douman musobaqa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Angliyalik futbolchi "Borussiya"ning sobiq hujumchisi Yusuf Mukoko rekordini yangiladi, u Chempionlar Ligasidagi debyutini 2020 yilda 16 yosh-u 18 kunligida "Zenit"ga qarshi o'yinda o'tkazgandi.

Douman "Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U London klubining asosiy jamoasida shu yilning yozidan buyon to'p surib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ