logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"PSJ" darvozasiga dubl qayd etgan Luis Dias taym yakunida qizil kartochka oldi (foto)

 5 NOYABR, 2025, 02:12

"Bavariya" vingeri Luis Dias Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o'rin olgan "PSJ"ga qarshi bahsda qizil kartochka oldi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 3-daqiqada myunxenliklar vingeri maydon markazida parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiyni ortidan yiqitdi. Marokashlik yig'lab yubordi va tez orada uning o'rniga Sanni Meyulu maydonga tushdi.

Uchrashuv bosh hakami Mauritsio Mariani kolumbiyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq keyinroq qarorini o'zgartirdi va videoyordamchilarning maslahati bilan takrorni ko'rib, uni maydondan chetlatdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha Dias dubl qayd etgandi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ