Ronaldu: «Manchester Yunayted» APLni yutolmaydi»
4 NOYABR, 2025, 23:42
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi haqida fikr bildirib, “Manchester Yunayted”ning joriy mavsumda Angliya Premer-ligasi chempioni bo'lish imkoniyatlarini past baholadi.
“Menimcha, ‘Manchester Yunayted’ bu mavsum APLni yutolmaydi. Ular allaqachon juda ko'p ochko yo'qotishgan”, — dedi "An-Nasr"ning 40 yoshli yulduzi.
Hozirda mankunianliklar APLda 10 tur yakuniga ko'ra 17 ochko bilan 8-o'ringa joylashgan.
