logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Fayzullaev «Bashakshehir» umumiy guruhida mashg'ulotlarni boshladi

 4 NOYABR, 2025, 23:06

O'zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev jarohatidan keyin yana “Istanbul Bashakshehir” klubi mashg'ulotlariga qaytdi.

22 yoshli futbolchimiz oktyabr oyidagi FIFA kunlarida olgan jarohatini tiklash bilan band bo'lgan edi, endilikda esa u jamoa bilan birga umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Klub murabbiylar shtabi Fayzullaevning jismoniy holati qoniqarli ekanini ma'lum qilgan va uni yaqin kunlarda o'yinlarga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Abbos joriy mavsumda jasi 7 ta o'yinda maydonga tushgan. Hozircha uning hisobida birorta golda ishtirok yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ