logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ronaldu qaysi paytda yaxshi futbolchi bo'lishini anglaganini aytdi

 4 NOYABR, 2025, 23:00

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini yaxshi futbolchi bo'lishini qachon anglagani haqida so'zlab berdi.

«Hatto 17 yoshimda ham raqiblardan tezroq va aqlliroq edim. Ana o'sha paytda sen tushunasanki… yaxshi [futbolchi] bo'lasan», — dedi Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.

Ronaldu Portugaliyaning «Sporting» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida Lissabon klubidan «Manchester Yunayted»ga o'tgan. 2008 yilda futbolchi «qizil iblislar» safida o'z faoliyatidagi ilk «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. Keyin, 2009 yilda u Madridning «Real» klubiga o'tib, u erda yana to'rt marta «Oltin to'p» sovrindorlaridan biriga aylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ