Navas Noyerning o'rnini egallashi mumkin
11 DEKABR, 2022, 21:07
"PSJ" darvozaboni Keylor Navas "Bavariya"da oyoq suyagi singan va mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan Manuel Noyerning o'rniga nomzodlar ro'yxatidan joy oldi.
ran.de xabariga ko'ra, agar Aleksandr Nyubelni "Monako"dagi ijarasidan qaytarib bo'lmasa, 35 yoshli kosta-rikalik varianti asosiyga o'tadi.
Darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish uchun yana bir nomzod Zagrebning "Dinamo"sidan Dominik Livakovich bo'lib qolmoqda.
Navasga kelsak, "PSJ" uni Chempionlar ligasining 1/8 finalida myunxenliklar bilan qarama-qarshilik tufayli qo'yib yubormasligi mumkin. Keylor jamoaning joriy mavsumida Janluiji Donnarrummadan keyin ikkinchi raqamli hisoblanadi.