"Inter" Tyuram bilan shartnoma imzolashga ishonadi
11 DEKABR, 2022, 20:57
"Inter" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Markus Tyuramni qo'lga kiritishiga ishonchi komil, deb xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Hozir klub taklif tayyorlamoqda va futbolchining vakillari bilan yangi uchrashuv belgilagan.
"Inter" 2022 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng yaqin haftalarda transfer bo'yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Klub, shuningdek, Xoakin Korrea xizmatidan voz kechishni rejalashtirgan.
25 yoshli Tyuramga "Milan", "Yuventus" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.