Bekxem - endi ritsar! (foto)
4 NOYABR, 2025, 21:42
Qirol Karl III Berkshirdagi Vindzor qasrida bo'lib o'tgan marosimda 50 yoshli sobiq futbolchi Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berdi.
Angliya terma jamoasining sobiq sardori futbol va Britaniya jamiyati oldidagi xizmatlari uchun ritsar unvoniga sazovor bo'lgan.
Bekxem o'zining ritsarlik unvonidan juda faxrlanishini aytdi.
"Odamlar mening qanchalik vatanparvar ekanligimni bilishadi — men o'z vatanimni yaxshi ko'raman. Men har doim monarxiya mening oilam uchun naqadar muhimligini aytganman. Menga butun dunyo bo'ylab sayohat qilish baxtiga muyassar bo'lganman va barcha odamlar men bilan bizning monarxiyamiz haqida gaplashmoqchi. Men bundan faxrlanaman" - dedi Bekxem.
Bekxem Vindzor qasrida uning rafiqasi Viktoriya va ota-onasi Sandra va Devid bilan birga edi.
Moda sohasidagi xizmatlari uchun 2017 yilda Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri etib tayinlangan Viktoriya Bekxem marosimda turmush o'rtog'i kiygan kostyumni loyihalashtirib, tikdi. "Qirol Karl mening kostyumimdan juda ta'sirlandi" - dedi Bekxem.

