logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Konte: "Agar bugun g'alaba qozonsak, EChLda o'z yo'liga qaytishimiz mumkin"

 4 NOYABR, 2025, 21:18

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte EChL doirasida "Ayntraxt"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsum boshidan beri ko'p tanqidlarni eshityapmiz, lekin agar biz A Seriya jadvalida birinchi o'rinni egallasak, hammasi yomon emas. G'alabalar eng muhimi. Ularga qanday erishishimiz bizning ishimizdir va biz har safar o'yinimizga ham, jamoamizga ham o'zgartirishlar kiritib, echim topamiz.

Agar bugun g'alaba qozonsak, Chempionlar ligasida o'z yo'liga qaytishimiz mumkin. Biz kuchli raqibga duch kelayotganimizni bilamiz, ammo bu darajada hamma kuchli. Bizda Evropa sahnasida raqobatlashishga intilish va daraja bor" - dedi Konte.

Eslatib o'tamiz, bugun soat 22:45da "Napoli" - "Ayntraxt" uchrashuvi boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ