logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Lotar Matteus «PSJ» — «Bavariya» o'yini g'olibini taxmin qildi

 4 NOYABR, 2025, 21:06

Germaniyaning afsonaviy yarimhimoyachisi Lotar Matteus Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida bo'lib o'tadigan «Pari Sen-Jermen» — «Bavariya» bahsi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Evropaning ikki etakchi jamoasi to'qnash keladi. Har ikki klubda ham kuchli tarkib bor, ammo “PSJ” tarkibida Keyn, Olise, Kimmix va Noyer yo'q.

Frantsuzlar hozircha Chempionlar ligasida juda yaxshi o'ynashmoqda, lekin ular Liga 1da ochko yo'qotdi va mag'lubiyatga uchradi. “Bavariya” esa yaxshi yo'lga qo'yilgan mexanizm kabi ishlamoqda, formada ham juda yaxshi. Shuning uchun menimcha, parijliklar favorit emas. “Bavariya”ning 2:1 hisobida g'alaba qozonishini taxmin qilaman», — deb yozdi Matteus Sky Sport Germany saytidagi maqolasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ