logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Shaxmat. Jahon kubogi. Sindarovda g'alaba, Abdusattorov, Yoqubboev va Vohidovda durang

 4 NOYABR, 2025, 20:54

Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tayotgan shaxmat bo'yicha jahon kubogi musobaqasida bugundan 2-bosqichga (1/64 final) start berildi.

Shamsiddin Vohidov ilk saralash bosqichida g'alaba qozongan bo'lsa, 2-bosqichdan turnirga Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev qo'shilishdi.

Sindarov bugun chernogoriyalik Nikita Petrovga qarshi oq donalarda o'ynab, enshpilda g'alabani ilib ketdi. Qolgan shaxmatchilarimiz esa bugun durang qayd etishdi.

Denis Maxnyov (Qozog'iston) - Nodirbek Abdusattorov - 0,5:0,5
Nikita Petrov (Chernogoriya) - Javohir Sindarov - 0:1
Niklas Xushenbet (Germaniya) - Nodirbek Yoqubboev - 0,5:0,5
Shamsiddin Vohidov  - Maksim Chigaev (Ispaniya) - 0,5:0,5

Ertaga shaxmatchilar o'rtasida javob o'yini o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ