logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Tayson Fyuri JCh-2022ni tark etgan Angliya termasini qo'llab-quvvatladi

 11 DEKABR, 2022, 20:31

Og'ir vaznda WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyuri Angliya terma jamoasining JCh-2022 pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi. Garet Sautgeyt shogirdlari jahon chempionati chorak finalida Frantsiyaga mag'lub bo'ldi (1:2).

"Yigitlar, boshingizni ko'taring. Siz qaytib kelasiz va o'zingiznikini olasiz. Biz jamoamizni nafaqat g'alabalardan keyin, balki mag'lubiyatlardan keyin ham qo'llab-quvvatlashimiz kerak", — dedi britaniyalik bokschi ijtimoiy tarmoqlarda.

Jahon chempionatining 1/2 finalida Frantsiya turnirning asosiy sensatsiyachisi – Marokash terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Yana bir uchrashuvda Argentina va Xorvatiya terma jamoalari to'qnash kelishadi.

Final 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR