logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Yuventus" Vlaxovichning holatidan xavotirda

 11 DEKABR, 2022, 20:27

"Yuventus" klubi hujumchi Dushan Vlaxovichning ahvolidan xavotirda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, serbiyalik futbolchining bo'g'imlari bilan bog'liq muammolar bor. "Keksa sinora" Vlaxovich uchun bir qator tibbiy ko'riklar tayyorlab qo'ydi, futbolchi ta'tildan qaytganidan keyin ushbu tibbiy ko'riklardan o'tishi kerak.

Dushan Vlaxovich Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida ishtirok etdi, lekin Serbiya terma jamoasining uchta o'yinidan faqat bittasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Dushan Vlaxovich o'tgan yilning yanvar oyida "Yuventus"ga o'tgandi. Turin klubi safida serbiyalik futbolchi 108 o'yin o'tkazib, 49 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR