logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronalduning Jahon chempionatlardagi yo'li

 11 DEKABR, 2022, 13:01

Agar Krishtianu Ronalduga jahon chempionatlaridagi so'nggi o'yinida Marokash terma jamoasiga yutqazib qo'yishi va final hushtagi yangraganidan keyin yig'lashi aytilganida, u ishonmasdi. Xo'sh, hech kim bunga ishonmagan bo'lardi. Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati oldidan hamma 37 yoshli portugaliyalikda jahon chempionatiga chiqish uchun so'nggi imkoniyat borligini hamma tushunib etgandi. Portugaliya, an'anaga ko'ra, favorit hisoblangan jamoaga yutqazib qo'yganida buni hamma oddiy qabul qilar edi. Ammo Marokash... Keling Krishtianuning barcha jahon chempionatlardagi ishtirokini yodga olamiz.

Jahon chempionati 2006. Boshlash


2006 yilda Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida o'sha paytda 21 yoshli Ronaldu allaqachon asosiy tarkibda maydonga tushar edi. Krishtianu u chempionatda jamoa etakchisi emas edi. Portugaliya terma jamoasi Angola, Eron va Meksika bilan guruhdan ishonchli tarzda o'tib, uchta o'yinda ham g'alaba qozongan bo'lsa, qahramonimiz ikkinchi uchrashuvda gol urib, uchinchi uchrashuvda dam oldi.

1/8 finalda Niderlandiya bilan kechgan eng qiyin jangda Ronaldu jarohat olib, almashtirildi. Biroq portugallar oldinga keying bosqichga chiqishga muvaffaq bo'lishdi (1:0). Krishtianu Angliya bilan keskin chorak finalda o'ynadi va o'yindan keyingi hal qiluvchi penaltini golga aylantirdi. Portugaliya g'alaba qozondi (0:0, 3:1 pen.), lekin yarim finalda Frantsiyaga (0:1), keyin uchinchi o'rin uchun o'yinda Germaniyaga (1:3) mag'lub bo'ldi. Ronaldu bu uchrashuvlarda to'liq o'ynadi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Jahon chempionati 2010. Zerikarli jamoaning — zerikarli sardori

Janubiy Afrikadagi turnirda Ronalduning etakchiligi shubha ostida qolmagan Portugaliya terma jamoasi Braziliya, Kot-d'Ivuar va Shimoliy Koreya bilan qiziqarli guruhdan joy oldi. Biroq 25 yoshli Krishtianu koreyslarga qarshi kechgan (7:0) o'yindagina o'zini ko'rsata oldi, gol urdi va golli uzatma berdi. Guruhdagi yana ikkita uchrashuv juda zerikarli yakunlandi.(0:0)


Ronalduning pley-off yo'li tezda tugadi. Portugaliya Ispaniyaga raqiblik qildi va bo'lajak chempionga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunday turnirdan keyin Krishtianu shafqatsiz tanqidlarga uchraganini taxmin qilish qiyin emas.

Jahon chempionati 2014. Muvaffaqiyatsizlik

Ronaldu 2014-yilda Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida tiklanishi kerak edi, ammo muvaffaqiyatsizlik avvalgidan ham battarroq bo'ldi. Portugaliya Germaniya, AQSh va Gana bilan guruhdan joy oldi va keying bosqichga chiqmadi, amerikaliklarga yutqazdi - ammo faqat to'plar nisbati bo'yicha. Qanday bo'lmasin, Krishtianu afrikaliklar darvozasiga urilgan gol va AQSh bilan o'yinda golli uzatmaga qaramay, yana tanqidlarga uchradi.


Jahon chempionati 2018. Ronaldu uchun eng yaxshisi

Yulduzli Rossiyadagi turnirga 33 yoshida kelgan. Biroq, u yaxshi portugal sharobi kabi, Yoshi o'tgan sari faqat kuchayib bordi. Ronaldu Ispaniya bilan o'yinda va xet-trik qayd etdi, Marokash bilan o'yinda ham yagona golni urdi.

1/8 finalda Urugvayga yutqazib qo'ydi. Hamma tanqidlar kelib yana Ronalduning boshida sindi.


Jahon chempionati 2022. Asosiy o'yinchimi yoki zaxirachi?

37 yoshli Ronaldu guruhdagi barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlagan. Lekin har safar Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush uni o'zgartirgan. Gana bilan 1-turda gol urgan Krishtianu g'azabda edi va mish-mishlarga ko'ra, terma jamoani tark etish bilan tahdid qilgan...

Qanday bo'lmasin, Ronaldu jamoada qoldi. Ammo pley-offda u zaxirada edi. Shveytsariya bilan 1/8 finalning ikkinchi bo'limi oxirida maydonga tushgan portugaliyaliklar aslida usiz raqibni mag'lub etishdi (6:1). Chorak finalda esa shov-shuvli Marokash jamoasiga duch kelishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Krishtianu ham golli uzatma ham gol kiritishi mumkin edi, ammo...

Uning davri tugadi. 41 yoshda Jahon chempionatlarida o'ynamaydilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR