logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Islombek Ismoilov: «Ertangi o'yinga jangovar ruhda tayyorgarlik ko'rdik»

 4 NOYABR, 2025, 18:30

O'zbekiston U-17 terma jamoasi ertaga Jahon chempionatida o'z yurishini Paragvayga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Terma jamoamiz ustozi Islombek Ismoilov ertangi o'yin haqida qisqa fikrini bildirdi.

«Jamoada kayfiyat a'lo darajada. Tayyorgarlik etarli darajada olib borildi. Futbolchilar 100 foiz o'yinga tayyor. Ertangi raqibimiz o'z qit'asining eng kuchli terma jamoalaridan biri. Oson o'yin bo'lmaydi. Jahon chempionatida oson raqibning o'zi yo'q, shunga qaramay ertangi o'yinga biz jangovar ruhda tayyorgarlik ko'rdik», - dedi murabbiyimiz.

Ertangi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00'da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ