Angliya terma jamoasi Evro-2028'dagi o'yinlaridan birini "Etihad"da o'tkazadi
4 NOYABR, 2025, 18:18
Ma'lum bo'lishicha, Angliya terma jamoasi Evro-2028 musobaqasining guruh bosqichidagi bir uchrashuvini “Manchester Siti”ga tegishli “Etihad” stadionida o'tkazadi.
Bu huquq uchun avvalroq “Tottenxem Xotspur Stedium”, “Everton”, “Nyukasl” hamda “Aston Villa” arenalari ham da'vogarlik qilgan edi.
Evro-2028 musobaqasi Angliya, Irlandiya, Uels va Shotlandiya hududlarida bo'lib o'tadi.
To'liq taqvim va o'yinlar jadvali kelasi hafta e'lon qilinishi kutilmoqda.
