logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu Portugaliya bilan Lissabonga qaytmadi va Qatarda qoldi

 11 DEKABR, 2022, 12:21

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va terma jamoaning yana to'qqiz nafar futbolchisi Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022ni tark etganidan keyin Lissabonga uchmadi va Qatarda qoldi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Krishtianu Ronaldudan tashqari Rui Patrisiu, Rafaell Gerreyra, Rafael Leau, Brunu Fernandesh, Mateus Nunes, Ruben Nevesh, Bernardu Silva, Joau Kanselo va Diogo Dalotlar Qatarda oilasi bilan qolishga ruxsat oldi.

Nuno Mendesh va Danilo Pereyra allaqachon jarohatlari sabab Qatarni tark etishgan va Frantsiyada davolanmoqda. Portugaliya terma jamoasining qolgan futbolchilari bugun, 11 dekabr kuni Lissabonga etib kelishadi.

Portugaliya terma jamoasi JCh-2022 chorak finalida Marokash termasidan mag'lub bo'ldi (0:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR