logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Islom Birdamligi o'yinlarida qatnashadigan dzyudochilarimiz tarkibi tasdiqlandi

 4 NOYABR, 2025, 18:00

7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Kopmleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o'rin olgan bo'lib, 8-10 noyabr kunlari belgilangan vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Terma jamoamiz murabbiylari shtabi Ar-Riyodga yo'l oladigan tarkibni tasdiqladi. 

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir davlatdan ko'pi bilan 12 (7 erkak, 5 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etishi mumkin. 10 noyabr kuni aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi va tabiiyki, unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Islom Birdamligi o'yinlariga yo'l oladigan delegaciya: 

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov

-73 kg: SHahram Ahadov

-90 kg: SHahzod SHaripov

+100 kg: Alisher Yusupov

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev


AYOLLAR

-48 kg: Laziza Haydarova

-52 kg: Muhayyo Axmatova

-57 kg: SHukurjon Aminova

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva

-78 kg: Marjona Ko'chimova

+78 kg: Umida Nig'matova

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva


Murabbiylar — Aleksey Budolin, Andrey SHturbabin, Rahim Subxonov, Aziz Tashmatov

SHifokor — Aziz Qayumov

Massajchi — Javlon Hasanov 

Psixolog — Lola Agzamova 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ