logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Chelsi" "Yuventus" hujumchisi uchun kurashga qo'shildi

 4 NOYABR, 2025, 17:36

Kanadalik futbolchi Jonatan Devid qishki transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, 25 yoshli forvardga "Bavariya" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan bo'lsa, endilikda futbolchining xizmatlariga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda. Devid keyingi oylarda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, bu variantlarni ko'rib chiqadi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Devidni "Kremoneze"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushirdi.

Devid o'tgan yozda erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgan, ammo bu mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o'yinda atigi 1 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ