"Chelsi" vingeri EChL o'yinini o'tkazib yuboradi
4 NOYABR, 2025, 17:30
Londonning "Chelsi" klubi Chempionlar Ligasi 4-turida "Qorabog'"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
"Aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareskaning ma'lum qilishicha, jamoa vingeri Pedru Netu ertangi o'yinda ishtirok etmaydi. U "Tottenxem"ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng o'zini noqulay his qilgan.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda jami 14 ta o'yinda 2 tadan gol va assist amalga oshirgan.
