“Qizilqum” PFKda yil yakunlari bo'yicha yig'ilish o'tkazildi
25 DEKABR, 2023, 18:42
Bugun jamoa rahbariyati tomonidan ortda qolgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, asosiy, ayollar jamoalarimizdan tortib barcha yosh toifasidagi jamoalarning erishgan natijalari sarhisob qilindi.
Yig'ilishni “Qizilqum” PFK bosh direktori A.Ergashev olib bordi.
Yig'ilish davomida ortda qolgan mavsumda yo'lga qo'yilgan kamchiliklar tilga olindi hamda ushbu kamchiliklarni keyingi mavsumda takrorlamaslik lozimligi takidlandi.
Shuningdek yig'ilishda hodimlarning talab va takliflari eshitilib, jamoaning keyingi yilga maqsad hamda rejalari muhokama qilindi.