logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Tuxel tajribali forvardni Angliya terma jamoasiga qaytarish haqida o'ylamoqda

 4 NOYABR, 2025, 17:00

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel noyabr oyidagi xalqaro tanaffus arafasida tajribali hujumchini terma jamoa safiga qaytarish haqida o'ylamoqda.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "uch sherlar" ustozi joriy mavsumni "Brayton" safida ajoyib tarzda boshlayotgan 34 yoshli Denni Uelbekni Serbiya va Albaniyaga qarshi JCh-2026 saralash o'yinlariga chaqirishi mumkin.

Uelbek Angliya terma jamoasi safida so'nggi bor 2018 yilning sentyabrida Shveytsariyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (1:0) maydonga tushgan. U terma jamoa safida 42 ta o'yinda 16 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2025/26 yilgi mavsum boshida Denni "Brayton" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ