Ronalduning opasi terma jamoa bosh murabbiyini tanqid qildi: "U butun halqni o'ldirdi"
11 DEKABR, 2022, 09:52
Portugaliya terma jamoasi JCh-2022 chorak finalida Marokash termasiga sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi. Pireneyliklar 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqadagi kurashni yakunladi.
37 yoshli yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru ijtimoiy tarmoqlarda #fernandosantosout xeshtegini joylashtirib, bosh murabbiy Fernandu Santushni iste'foga chiqarishga chaqirdi. "Ular bir odamni o'ldirishdi. Jamoa o'ldirishdi. Butun bir xalqni o'ldirishdi".
Eslatib o'tamiz, Krishtianu uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi va ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.
Marokash jahon chempionati yarim finalida Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi. Jang 15 dekabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.