logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:16
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Merinoni uchta klub o'z safiga qo'shib olmoqchi

 25 DEKABR, 2023, 16:00

Huquqlari "Real Sosedad"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Mikel Merinoga yozgi transfer bozorida talab katta. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini sotib olishga uchta klub qiziqish bildirmoqda. Gap Bilbaoning "Atletik", Londonning "Arsenal" va Birmingem "Aston Villa" klublari haqida ketmoqda.

Yarim himoyachining o'zi basklar jamoasiga o'tishni afzal ko'rmoqda. 27 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Mikelning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR