Firmino: "Vinisius o'z o'yiniga e'tibor qaratishi kerak"
4 NOYABR, 2025, 16:12
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino "Real Madrid"da o'ynaydigan vatandoshi Vinisius Juniorga maslahat berdi.
"Junor ajoyib o'yinchi. Men u bilan Braziliya terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim. Men unga tanqidlarga e'tibor bermaslikni maslahat beraman.
U o'z o'yiniga e'tibor qaratishi kerak. Men Vinisiusga muvaffaqiyatlar tilayman. Men uning muxlisiman", dedi Firmino.
