Rabo Angliyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
11 DEKABR, 2022, 09:05
Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo JCh-2022 1/4 finalida Angliyaga qarshi o'yindan so'ng OAV bilan suhbatda bo'ldi. Dide Desham shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionatining yarim finaliga yo'l olishdi.
"Biz sabr qildik, o'yin boshlanishidan oldin bu haqda ogohlantirilgan edik. Keyn penaltini noaniq amalga oshirgani juda omadli. Biz g'alaba qozonganimizdan juda xursandmiz, bu aql bovar qilmaydigan lahza.
Frantsiya jahon chempionatining yarim finalida. Biz chidashda davom etishimiz kerak. Biz raqibni kerakli vaqtda jazolash uchun kurashishimiz kerak", - dedi yarim himoyachi Lequipe bilan suhbatda.
Yarim finalda Frantsiya Marokash bilan o'ynaydi. Uchrashuv 14 dekabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.