logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

O'zbek boksi qanday qilib korruptsiyani engdi?

 4 NOYABR, 2025, 14:06

O'zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'ziohunov mamlakat chempionatlarida hakamlik tizimi qanday tashkil etilishi hamda bu korruptsiyani engishga qanday yordam bergani haqida gapirdi.

“Bizning federatsiya respublika chempionatiga barcha hakamlarni xorijdan taklif qilishga qaror qilgan. Agar adashmasam, bu tizimni uch-to'rt yildan beri davom ettiryapmiz. Hakamlarning chipta, mehmonxona va mehnat haqlarini to'lab beramiz”, dedi Ro'ziohunov.

“Demak, korruptsiya deyarli yo'q, to'g'rimi?”, degan savolga Ro'ziohunov quyidagicha javob berdi:

“Ha, to'g'ri. Chunki ular o'z ish haqlarini rasmiy tarzda olishadi. Balki shuning uchun ham biz hozir boksda etakchimiz. Oxirgi musobaqada o'nta medaldan oltitasini yutdik”, deya qo'shimcha qildi Ro'ziohunov ZBS Podcast dasturida.

Eslatib o'tamiz, Liverpulda bo'lib o'tgan World Boxing jahon chempionatida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoaviy hisobda birinchi o'rinni egalladi. Qozog'iston bokschilari esa 4 ta oltin medal bilan ikkinchi pog'onadan joy oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ