logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Lester" yulduziga narx belgiladi

 11 DEKABR, 2022, 07:35

"Lester" qishki transferlar oynasi oldidan yarim himoyachi Jeyms Meddison uchun 60 million funt sterling narx belgiladi, deya xabar beradi Football Insider.

"Lester" mavsum o'rtalarida o'z yulduzi bilan xayrlashmoqchi emas, ayniqsa Premer-ligadan tushib ketish zonasiga xavfli yaqinligini hisobga olsak. Mavsum oxirida Meddisonni sotish ehtimoli ko'proq bo'lardi, chunki o'shanda Jeymsning amaldagi shartnomasiga atigi bir yil qolgan bo'ladi.

25 yoshli angliyalik futbolchiga asosiy da'vogarlar "Nyukasl" va "Tottenxem"dir.

U joriy mavsumda APLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR