logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Elche" - tarixda "Barselona"dan ko'proq to'p nazoratiga ega bo'lgan ilk yangi jamoa

 4 NOYABR, 2025, 13:48

Ispaniyaning "Elche" klubi La Liga tarixida "Barselona"ga qarshi o'yinda to'pni ko'proq nazorat qilgan ilk debyutant jamoaga aylandi.

Kataloniyaliklar o'z maydonida "Elche" jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da, statistikada tarixiy natijani qayd etdi.

Opta Sport portali malumotlariga ko'ra, "Elche" uchrashuvda to'pni 51 foiz vaqt nazorat qilgan, "Barselona" esa 49 foiz bilan cheklangan. Bu kabi holat La Ligada 2005/2006 yil mavsumida to'p nazorati bo'yicha aniq statistika yuritila boshlanganidan beri ilk marta kuzatildi.

G'alabadan so'ng "Barselona" jadvalda ikkinchi o'ringa ko'tarilib, 11 o'yindan so'ng ochkolar sonini 25 taga etkazdi. "Elche" esa 14 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida to'qqizinchi pog'onada joylashgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ