logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Aston Villa» Elliotni «Liverpul»dan to'liq sotib olish niyati yo'qqa o'xshaydi

 4 NOYABR, 2025, 13:30

Ma'lumotlarga ko'ra, “Aston Villa” jamoasi hujumkor yarim himoyachi Xarvi Elliottning “Liverpul”dan ijarasini 35 million funtlik to'liq transferga aylantirish majburiyatini uning 10 ta o'yinda maydonga tushishi holatida amalga oshiradi.

Hozircha 22 yoshli Elliott 5 ta uchrashuvda qatnashgan, ammo u o'tgan haftada “Villa” qaydnomasiga kiritilmadi va sentyabr oyidan beri Premer-ligada hattoki zaxiradan ham maydonga tushmagan.

Muhimi shundaki — futbolchi jarohat olmagan. Katta ehtimol bilan birmingemliklar ingliz transferini to'liq sotib olishni rejalashtirmayapti.

Hozirda Elliot Transfermarkt portalida 35 million evroga baholanmoqda. Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ