Keyn bundan natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi
11 DEKABR, 2022, 05:46
Xarri Keyn JCh-2022 chorak finalida Frantsiyaga qarshi o'yinda ikkita penaltidan birini aniq amalga oshirdi.
Angliya Frantsiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.
54-daqiqada “Tottenxem” hujumchisi nuqtadan aniq zarba yo'llab, o'yinda hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada 1:2 hisobida Frantsiya foydasiga hal bo'layotgan vaziyatda Keyn penaltini golga aylantira olmadi.
Shu tariqa, Keyn XXI-asrda penaltilar seriyasini hisobga olmaganda o'yin davomida 11 metrlik jarima zarbasidan gol urgan va noaniq amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.