logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Uilyams" jamoasi yangi mavsumdan nomi va logotipini o'zgartiradigan bo'ldi

 4 NOYABR, 2025, 13:00

Formula-1 bo'yicha Britaniyaning "Uilyams" jamoasi keyingi mavsum uchun rasmiy nomi va logotipiga o'zgartirish kiritishini elon qildi.

Jamoaning to'liq nomi hozirda "Atlassian Uilyams Reysing" hisoblanadi. Jamoaning rasmiy veb-saytiga ko'ra, u 2026 yilgi mavsumdan boshlab "Atlassian Uilyams F1 Tim" deya nomlanadi. 

Mavjud "W" logotipi Frank Uilyamsning mashhur "Forward W" logotipini XXI asrga oid qayta tasavvuri bilan almashtiriladi. Bu logotip birinchi marta 1977 yilda, kompaniya tashkil etilgan yili taqdim etilgan edi.

Malumot uchun, 2026 yilgi "Formula 1" mavsumi Avstraliya Gran-prisi (6-8 mart) bilan boshlanadi va Abu-Dabi Gran-prisi (4-6 dekabr) bilan yakunlanadi.

Bu mavsumda "Uilyams" Konstruktorlar kubogida 20 turdan so'ng 111 ochko bilan beshinchi o'rinni egallab turibdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ