logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Real» tarkibni kuchaytirish uchun APLdan kutilmagan variant topdi

 4 NOYABR, 2025, 12:30

Madridning «Real» jamoasi tarkibni kuchaytirish uchun Angliya Premer-ligasidan kutilmagan variantni topdi. «Qaymoqranglilar» «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uortonga ko'z tikayotgani haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Uorton nomzodiga shaxsan «Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso qiziqish bildirgan. Uning fikricha, 21 yoshli angliyalik futbolchi avval Toni Kroos bajargan vazifani o'z zimmasiga olishga qodir.

«Real» rahbariyati Uorton transferi uchun 60 million evro ajratishga tayyor. Xabi Alonso futbolchini sotib olishni qat'iy talab qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ