JCh-2022. Frantsiya ikkinchi yarim finalda Marokash bilan o'ynaydi
11 DEKABR, 2022, 05:12
Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 yarim finalida Marokash bilan kuch sinashadi.
1/4 finalda frantsuzlar Angliyani mag'lub etishdi (2:1).
Marokash bu bosqichda Portugaliyani mag'lub etdi (1:0).
Frantsiya va Marokash o'rtasidagi final yo'llanmasi uchun bahs 14 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23.59 da.
Finalda yarim final g'olibi Marokash – Frantsiya Argentina yoki Xorvatiya bilan to'qnash keladi. Ushbu yarim final 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 23.59 da bo'lib o'tadi.