logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

WTA Finals. Qozog'istonlik tennis malikasi muddatidan avval 1/2 finalda

 4 NOYABR, 2025, 11:48

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy WTA turniri davom etmoqda.

Jahon reytingida Top-8`talikda borayotgan tennis malikalari ikki guruhda bosh sovrin uchun bahslarga kirishishgandi. Serena Uilyams nomli guruhda Elena Ribakina ketma-ket ikkita uchrashuvda g'alaba qozondi. WTA reytingida 6-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik tennischi dunyoning ikkinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontekni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/1, 6/0.

Elena birinchi setda yutqazganiga qaramay, nomdor raqibasini keyingi ikki setda shunchaki sochib tashladi. U ikkita setda Igaga bor yo'g'i bitta geymni yutib olish imkonini berdi, xolos. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Svyontek oldinda bormoqda - 8:6. 

To'qson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Ribakina 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennis malikasi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'oliba tomonda bo'ldi - 5 ga 1. Elena Ribakina ikki g'alaba evaziga muddatidan avval 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ