logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bellingem Runining rekordini yangiladi

 11 DEKABR, 2022, 00:30

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Uch sherlar" rekordini o'rnatdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Frantsiyaga qarshi jahon chempionati chorak final uchrashuvida asosiy tarkibdan joy oldi.

Opta portalining ma'lumotlariga ko'ra, Bellingem Angliya terma jamoasi safida jahon chempionati chorak finalida o'ynagan eng yosh futbolchi bo'ldi (19 yoshu 164 kun). Ilgari rekord mashhur sobiq hujumchi Ueyn Runiga tegishli bo'lib, 2006 yilgi jahon chempionatida ushbu bosqichda u 20 yoshu 250 kunligida o'ynagan.

Ayni damda Jud Bellingem hisobida Qatardagi turnirda bitta gol va bitta golli uzatma bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR