Simonelli: "Italiya futbolini dunyoga tanitish uchun harakat qilmoqdamiz"
4 NOYABR, 2025, 11:00
A Seriya prezidenti Etsio Simonelli Avstraliyada bo'lib o'tishi belgilangan "Milan"-"Komo" o'yini haqida fikr bildirdi.
"Muxlislarni tushunaman, lekin bu faxrlansa arzigulik hodisa.
Biz Osiyo konfederatsiyasidan javob kutmoqdamiz.
Hamma bizga hasad qiladi, klublar o'zlarini rivojlantirish uchun bu erga keladi. Biz Italiya futbolini dunyoga tanitish uchun harakat qilmoqdamiz", dedi Simonelli.
